Liverpul sport direktori yangi klubga o'tishi mumkin

Liverpul sport direktori Richard Hyuz Saudiya Arabistonining Al-Hilol klubidan taklif oldi va tomonlar o'rtasidagi muzokaralar muhim bosqichga yetdi. 46 yoshli mutaxassis Liverpuldagi lavozimiga 2024 yilning yozida tayinlangan. U bungacha Bornmutda 10 yil davomida texnik direktor bo'lib ishlagan. Al-Hilol Saudiya Arabistoni chempionatining yetti turidan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda, jamoani esa Simone Indzagi boshqarmoqda.

Liverpul klubining sport direktori Richard Hyuz Saudiya Arabistonining Al-Hilol klubidan taklif oldi. 46 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar allaqachon muhim bosqichga yetganini The Anfield Talk nashri Saudiya OAVlariga tayanib xabar berdi.
Richard Hyuz Liverpuldagi lavozimiga 2024 yilning yozida tayinlangan edi. Bungacha shotlandiyalik mutaxassis Bornmutda 10 yil davomida texnik direktor sifatida faoliyat yuritgan.
Saudiya Arabistoni chempionatining yetti turidan so'ng, Al-Hilol ikkinchi o'rinda bormoqda. Komandaning bosh murabbiyi avval Interni boshqargan Simone Indzagidir.































Izohlar 0
…