
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilyan Mbappe joriy mavsumda o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi. Fransiyalik futbolchi mavsumni ajoyib boshladi, "qirollik klubi" safida 13 o'yinda 16 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.
"Mavsum uchun maqsadlarim? Men hech qachon o'zimga cheklov qo'ymayman.
Mening asosiy maqsadim – jamoaga yordam berish va har bir imkoniyatdan foydalangan holda gol urish. Qanchalik ko'p gol ursam, shunchalik ko'p sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatimiz oshadi.
Men uchun har doim jamoaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shish muhim. Bu gol urish yoki boshqa narsalar orqali bo'lishi mumkin, ammo muhim narsa – g'alaba uchun qo'limdan kelgan barcha narsani qilishdir", – dedi Mbappe Ispaniya OAVlariga bergan intervyusida.
"Real" hozirda La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan besh ochko oldinda. Chempionlar ligasida ham Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa muvaffaqiyatli harakat qilmoqda – 3 o'yinda 9 ochko to'plagan.
Mbappe joriy mavsumdagi maqsadini aytdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar