
Strasburg hujumchisi Xoakin Panichelli yirik klublarning eʼtiborini tortishda davom etmoqda. Argentinalik futbolchi mavsumni ajoyib boshladi: u Fransiya chempionatida toʻqqizta gol bilan toʻpurarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
23 yoshli futbolchining agenti mijoziga Milan klubi qiziqayotgani haqida maʼlumot berdi. “Hozircha hech qanday yangilik yoʻq.
Soʻnggi haftalarda hech kim men bilan bogʻlanmadi, ammo Milan Panichelli ismiga yaxshi tanish – klub uni anchadan buyon kuzatib kelmoqda”, – dedi agent Calciomercato nashriga. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, hujumchining transfer qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.
Joriy yilning iyul oyida Strasburg uni Ispaniyaning Alaves klubidan 16,5 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar