date

Petr Chex: Arsenal Chelsi rekordini yangilashi qiyin

Petr Chex: Arsenal Chelsi rekordini yangilashi qiyin
Mashhur sobiq darvozabon Petr Chex Londonning “Arsenal” jamoasining joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “Kanonirlar” 9 turdan so‘ng 22 ochko to‘plagan holda Premer-liga turnir jadvalida ishonchli yetakchilik qilmoqda.

E’tiborlisi, Mikel Arteta jamoasi shu paytgacha atigi 3 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu natija 2004/05-yilgi mavsumda “Chelsi” tomonidan qayd etilgan 15 ta o‘tkazilgan gol bo‘yicha rekordni yangilash ehtimolini paydo qilmoqda.

“Arsenal” juda kuchli o‘ynamoqda. Ha, bu faqat boshlanishi, lekin har bir narsa o‘zining boshlanishiga ega.

Agar ular shu ruhda davom etsa, rekordni yangilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ammo bu juda mashaqqatli ish.

Oldinda ko‘plab o‘yinlar bor va omad ham kerak bo‘ladi. Menimcha, “Arsenal” uchun bizning rekordimizni yangilash qiyin bo‘ladi,” — deya Chexning so‘zlarini keltiradi ingliz OAVlari.

Shanba kuni London jamoasi safarda “Byornli”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Petr Chex: Arsenal Chelsi rekordini yangilashi qiyin