date

Dortmundning "Borussiya"si "Arsenal" natijasini takrorladi

Dortmundning "Borussiya"si "Arsenal" natijasini takrorladi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi Germaniya chempionati doirasida juma kuni "Augsburg" ustidan minimal hisobda gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyinda "ari"larga gʻalabani 37-daqiqada Seru Girassining kiritgan yagona goli taʼminladi.

Niko Kovach boshchiligidagi jamoa joriy Bundesligada oʻtkazilgan toʻqqiz turdan oltitasida oʻz darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkich Yevropaning beshta yetakchi chempionatida "Arsenal" bilan teng natija sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga, "Borussiya" yetti o‘yinda atigi oltita gol oʻtkazgan boʻlsa, "kanonirlar" faqat uchta gol oʻtkazgan. Taʼkidlash joizki, "Borussiya" oʻz tarixida birinchi marta Germaniya oliy ligasining dastlabki toʻqqiz oʻyinidan oltitasini "quruq" oʻtkazishga erishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dortmundning "Borussiya"si "Arsenal" natijasini takrorladi