Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishi vaqtida ro‘y bergan yer o‘pirilishi hodisasi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz ichki ishlar vazirligi tizimidagi manbasiga tayanib ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq tuproq ostidan ikki kishining jasadi chiqarib olingandi, qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana bir kishining jasadi topilgan.
Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Yunusoboddagi avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan. Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligidagi komissiyaga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklangan.
Bugun, 18 dekabr kuni soat 10:00 atrofida Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishining ochiq uchastkasida tuproq o‘pirilishi ro‘y berdi. Hozircha tuproq ostida jami necha kishi qolib ketgani haqida ma’lumot yo‘q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yaqin vaqtlar ichida hodisa oqibatlari haqida rasmiy ma’lumot berishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi