Dollarni qaysi banklarda foydaliroq ayirboshlash mumkin?

2026 yil 5 yanvar kuni O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl bo‘yicha eng qulay ayirboshlash shartlarini taklif qilayotgan banklar haqida ma’lumot jamlandi. Keltirilgan kurslar Toshkent vaqti bilan 11:24 holatiga dolzarb. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Dollar bo‘yicha eng yuqori sotib olish kursi 11 960 so‘mni tashkil etdi — Agrobank, NBU, Trastbank va Universalbank shu narxda xarid qilmoqda. Eng past sotish kursi 12 010 so‘m — Asakabank va Hamkorbankda.
Yevroda sotib olish bo‘yicha eng yaxshi taklif NBUda — 13 920 so‘m. Sotish bo‘yicha eng qulay narx 14 150 so‘m bo‘lib, Hayot Bank va Poytaxt Bankda qayd etildi.
Rublni eng yuqori narxda sotib olayotgan bank — Octobank: 142 so‘m. Sotish bo‘yicha eng past kurs 154 so‘m — Kapitalbank, SQB va Apexbankda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!