18:14 / 27.01.2020
4 688

Andijonda poyezd va traktor to‘qnashuvi sodir bo‘ldi (video)

Andijonda poyezd va traktor to‘qnashuvi sodir bo‘ldi (video)
Andijon viloyatining Andijon tumani Sho‘ro qishlog‘ida 25 yanvar kuni poyezd va traktor ishtirokida avariya yuz bergan, hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa shu yilning 25 yanvar kuni soat 15:00 larda Andijon tumani hududidan o‘tuvchi Andijon—Sho‘ro Quruqqayrag‘och yo‘lining 12 kilometrida sodir bo‘lgan.

Orol—Sho‘ro yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Izboskan tumanida yashovchi fuqaro S.S. boshqaruvida bo‘lgan traktor temiryo‘l kesishmasida Andijon-2—Tentaksoy stansiyalari oralig‘ining 14-kilometrida harakatlanib kelayotgan Andijon tumanida yashovchi I.N. boshqaruvidagi teplovoz bilan to‘qnashgan.

Oqibatda traktor texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisaga traktorning uzatmalar qutisida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda poyezd va traktor to‘qnashuvi sodir bo‘ldi (video)