22:19 / 05.12.2016
5 973

Rossiya Dumasidagilar O‘zbekistondagi saylov natijalariga munosabat bildirishdi

Rossiya Dumasidagilar O‘zbekistondagi saylov natijalariga munosabat bildirishdi

Rossiya davlat dumasi delegasiyasi kuzatuvchilariga rahbarlik qilgan xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Sluskiyning hisoblashicha, O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlik va qalin qo‘shnichilik ruhida saqlanib qolishini ta’minlaydi. Bu haqda «Kun» nashri xabar tarqatmoqda.

«Mirziyoyev uzoq yillar davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov jamoasida ishlagan. Ishonch bilan aytishim mumkinki, u prezident bo‘lib saylangach, ichki va tashqi siyosatda Karimov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan siyosatni davom ettiradi», — degan Sluskiy.

Sluskiy O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi davomida «saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy qoida buzilish holatlari kuzatilmagani» haqida qo‘shimcha qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya Dumasidagilar O‘zbekistondagi saylov natijalariga munosabat bildirishdi