16:38 / 20.12.2016
19 563

Bahodir Matlyubov nafaqadan Ichki ishlar tizimiga qaytarildi

Bahodir Matlyubov nafaqadan Ichki ishlar tizimiga qaytarildi

Sobiq Ichki ishlar vaziri, nafaqadagi general-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi. U vazir lavozimidan 2013 yil 14 dekabrda nafaqaga chiqqan edi.

Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bo‘lgunga qadar 2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qumitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

General-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov 1952 yilda Samarqand shahrida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetining kimyo (1973), huquq (1983) fakultetlarini hamda Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan.

1973-1997 yillar davomida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2001 yilda general-leytenant unvoniga sazovor bo‘ldi. 2004-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bahodir Matlyubov nafaqadan Ichki ishlar tizimiga qaytarildi