Foto:«Wikipedia»
Mashinalarning kunduzi faralarni yoqib yurishi haqidagi yangi qoida bugun aholi, ayniqsa haydovchilar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu qoida bahslarga, muhokamalarga, hatto noroziliklarga sabab bo‘layaptimi, balki yana bir bor mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilishi kerakdir deb yozadi Xabar.uz nashri.
Chet el tajribasiga asoslanilibdimi, demak yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalar, yo‘llar, harakatlanish qoidalari, haydovchi-yu yo‘lovchining yo‘l qoidalariga birday amal qilishi, madaniyat-u muomalasi ham shunga mos bo‘lishi kerak.
Ayni paytda chet elda faoliyat olib borayotgan hamkasbimiz Ibrat Safo «Facebook»dagi sahifasida ushbu masala bo‘yicha o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashibdi, mana shu qoidani amalga tadbiq etayotganlar, balki shunday asosli fikrlarni yana bir bor o‘rganib chiqishi lozim deb o‘ylaymiz.
«Yaqinda vatanga borganimda ko‘plar kunduzi farani yoqib yurish bo‘yicha kiritilgan yangi qoidadan norozi yoki uni tushunmayotganlariga guvoh bo‘ldim. Aksar izohlarda bu jahon tajribasi ekanligi, masalan, Yevropada bunday qoida allaqachon borligi aytilyapti.
Bor, lekin haydovchiga buning og‘irligi yo‘q. Yevropa Ittifoqida 2011 yilda qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2011 yildan chiqqan barcha yangi avtomobillarga ishlab chiqaruvchi zavodning o‘zi kunduzgi chiroqlarni o‘rnatishi shart. Britaniyada bu «Daytime running lights» deyiladi.
Yangi mashinalarda odatda fara atrofiga chiroyli svetodiod chiziqli chiroq o‘rnatilganini ko‘rasiz. Svetodiodni inglizlar LED deydi. U avtomobil motori yoqilishi bilanoq o‘zi avtomatik tarzda yonadi. Qorong‘u tushganda farangizni yoqsangiz, u o‘chadi.
Lekin, agar mashinangiz 2011 yildan avval chiqqan bo‘lsa, sizga umuman bunday talab yo‘q. Eskisiga ham LED o‘rnat yoki farangni yoqib yur demaydi hech kim.
Shunday ekan, O‘zbekistonda barcha haydovchilardan kunduzi faralarini yoqib yurishi talab qilinishi g‘alati, Yevropa tajribasi bunday emas.
P.S. Kunduzi chiroq yongan bo‘lishi haqiqatdan ham avariyaning oldini olishi mumkin. Masalan, Kanadada avariyalar shu tufayli 5%ga kamaygani qayd qilingan. Shu sabab ba’zilar eski mashinalariga ham LED chiroqlar o‘rnatib olishadi va bu qimmat emas. Lekin, asosiysi, tanlov sizniki. Yevropada 2011 yildan keyin chiqqan avtomobillarga talab haydovchiga emas, ishlab chiqaruvchiga qo‘yilgan...»
Demak tanlovni haydovchilarning o‘ziga qoldirish kerakmikan??? “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar