
Germaniyada avtomobilsozlik sanoati og‘ir inqiroz davrini boshdan kechirmoqda. Bavariyada joylashgan Diepersdorf Plastic Manufacturing kompaniyasi bankrot deb e’lon qilindi. 50 yillik tarixga ega bu korxona avtomobil sanoati uchun logotiplar, radiator panjaralari va dekorativ qismlar ishlab chiqarardi.
Bankrotlikka asosiy sabab — talabning kamayishi, xom ashyo va energiya narxlarining oshishi bo‘ldi. Natijada Germaniya va Chexiyadagi zavodlarda ishlovchi 1000 dan ortiq xodimlar ishsiz qolish xavfi ostida.
Bu Germaniya avtomobil sanoatidagi yagona muammo emas. Shu hafta Mahle kompaniyasi ham 1000 ga yaqin ish o‘rnini qisqartirishini e’lon qildi. Oldinroq Bosch va ZF Friedrichshafen ham xuddi shunday qaror qabul qilgan edi.
Mutaxassislar fikricha, bu jarayon Yevropaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakati uchun jiddiy xavf signalidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!