
O‘zbekistonda “yashil transport” bozori tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakatga 16 ta davlatdan qiymati 473 million dollar bo‘lgan 40 ming 345 dona elektromobil kirib kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,5 barobarga ko‘pdir — ya’ni 24 mingdan ortiq mashinalar farqi bilan import hajmi sezilarli oshgan.
Eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar orasida Xitoy mutlaq yetakchilikni saqlab turibdi — 39 ming 798 dona. Undan keyin Gonkong (249 dona), Koreya Respublikasi (165 dona), Germaniya (43 dona) va AQSH (25 dona) kelmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu tendensiya mamlakatda ekologik toza, tejamkor va zamonaviy transport vositalariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Elektromobillar nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ekologik barqarorlik nuqtayi nazaridan ham kelajak transporti sifatida qaralmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!