06:00 / 06.03.2024
110

AQSH Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ma’lum qildi

AQSH Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ma’lum qildi
Foto: Google Images
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi mamlakat Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiq ekanini ma’lum qildi.

4 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Metyu Miller Afg‘onistonga yordam uchun mablag‘ yetishmasligi haqidagi savolga javob berib, AQSH Afg‘oniston iqtisodiyotining asosiy muammolarini hal qilishga intilayotganini qo‘shimcha qildi.

Biz mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda davom etib, Afg‘onistondagi gumanitar inqirozda ko‘rilayotgan ko‘plab muammolarni kamaytirishga hissa qo‘shishga harakat qilamiz”, — dedi Metyu Miller.

Millerning qo‘shimcha qilishicha, Amerika hozir ham Afg‘onistonga eng yirik gumanitar yordam yetkazib beruvchi hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil avgust oyidan beri Amerika Afg‘oniston xalqiga ikki milliard dollardan ortiq yordam bergan.

Ayni paytda Afg‘onistondagi yordam dasturlari mablag‘ yetishmasligiga duch kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi OCHA ma’lum qilishicha, 2024 yilda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan 3,06 milliard dollardan hozirgacha faqat 87 million dollar ajratilgan.

OCHA ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Afg‘onistonda 23,7 million kishi gumanitar yordamga muhtoj.

Ushbu dasturga ko‘ra, Afg‘onistonda to‘rt million bola va ayol to‘yib ovqatlanmaydi va yordam kamayishi bilan vaziyat yanada yomonlashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo