
Braziliya terma jamoasi joriy oy o'rtalarida ikki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Jamoa murabbiylar shtabi yaqinlashib kelayotgan o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi.
Qayd etish kerakki, "selesao" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqinda jarohatdan tiklangan "Santos"ning yulduz hujumchisi Neymarni terma jamoaga chaqirmadi. 33 yoshli futbolchi yaqinda Braziliya chempionati doirasida "Fortaleza"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.
15-noyabr kuni Braziliya terma jamoasi Senegal termasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Londonda bo'lib o'tadi.
18-noyabr kuni Anchelotti shogirdlari Tunis termasi bilan o'ynaydi. Ushbu o'rtoqlik uchrashuvi Fransiyaning Lill shahrida tashkil etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.