
AQSH vitse-prezidenti Jeyms Vens Sky News telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralar jarayoni “boshi berk ko‘chaga” kirib qolganini ochiq bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni qanday tugatishni bilmaydi, shu sabab AQSH rahbariyati vaziyatni jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqmoqda.
“Prezident Tramp Putin bilan 19 may kuni telefon orqali muloqot qilishi kutilyapti. Unga shunday deydi: 'Niyating qanchalik jiddiy?' Bu savol juda muhim,” — dedi Vens.
“Biz o‘z urushimizni tanlamaymiz”
Vensning fikricha, agar Rossiya tomoni muzokaralarga tayyor bo‘lmasa, AQSH bir payt kelib, “biz uchun bu urush emas” degan pozitsiyani e’lon qilishi mumkin. Bu esa, Vens ta’kidlaganidek, tinchlik muzokaralariga yanada kuchli bosim ostida kirishni anglatadi.
Putin “sovuq” strategiyada qolmoqda
Bloomberg agentligi Kremlga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, Putin hozircha urushni to‘xtatishdan manfaatdor emas. Uning maqsadi — yil oxirigacha Ukrainadagi to‘rt hududni (Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson) to‘liq nazoratga olish.
Mazkur ma’lumotga ko‘ra, Putin hatto AQSH tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalardan ham xavotir olmayapti va Tramp orqali kelishuvda sezilarli imtiyozlar berilishiga ishonmayapti.
Kiyevda xavotir kuchaymoqda
CNN e’lon qilgan tahliliy materialda keltirilishicha, Ukraina rahbariyati Tramp va Putin tinchlik shartlarini kelishib, AQSH qurol-yarog‘ yordamini to‘xtatish tahdidi orqali Kiyevni shoshma-shoshar qarorlarga majbur qilishidan cho‘chimoqda.
Shu sabab Ukraina hozirda Vashingtondagi siyosiy markaz e’tiborini yo‘naltirish va Trampning diqqatini jalb etish uchun diplomatik faollikni kuchaytirmoqda.
Zamin.uz tahririyatidan:
Vashington va Kreml o‘rtasidagi bo‘lajak aloqalar xalqaro vaziyatning kelajagini belgilab berishi mumkin. Sizcha, Tramp va Putin muloqoti voqeiy tinchlik sari qadam bo‘ladimi yoki siyosiy bosim vositasiginami?
AQSHJeyms VensUkrainadagi UrushTinchlik MuzokaralariRossiya PrezidentiVladimir PutinVashingtondagi Siyosiy MarkazDiplomatik FaollikKremlga Yaquin Manbalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar