
Yaqin Sharqdagi eng shov-shuvli va tor-mor qilishga moyil bo‘lgan siyosiy intervyulardan biri – amerikalik mashhur teleboshlovchi Taker Karlson va Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu intervyuning o‘zi ham, uning har bir so‘zi ham qator dolzarb savollarga yechim topishga urinish bo‘ldi. Har qanday shov-shuvli voqeada kutilgan "bomba" ochilmadi, ammo ushbu suhbatning o‘tkazilishi, unda qayd etilgan fikrlar, jamiyat uchun jiddiy muammolarni ko‘tarib chiqdi. Karlson bu suhbat uchun Eronga bormadi, Pizishkiyon ham Amerikaga tashrif buyurmadi – bari onlayn tarzda, global media makonida to‘g‘ridan to‘g‘ri tashkil etildi, deb xabar berdi cnn.com.
Intervyu markazidagi eng sezilarli masalalardan biri – Eron yadro dasturining haqiqiy maqsadi, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar va Yaqin Sharqdagi katta geosiyosiy to‘qnashuvlar bo‘ldi. Karlson intervyuni olib borgan chog‘da, birinchi navbatda, Eron haqiqatan ham yadro quroli tayyorlashdan voz kechishga tayyormi, degan klassik savolni qo‘ydi. Prezident Pizishkiyon bunga javoban, Eron hech qachon yadro quroli tayyorlash niyatida bo‘lmagani, bu haqdagi barcha shubhalar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning o‘z fantaziyasi ekanini ta’kidladi.
Pizishkiyon: "Netanyahu 1984 yildan beri turli Amerika prezidentlariga Eron go‘yoki yadro quroli yasashga kirishgan, deb ishontirib keladi. Lekin bu mutlaqo yolg‘on. Eron oldin ham, hozir ham yadro quroli yasash niyatida bo‘lmagan va buni Oliy Rahbar Ali Xominaiyning fatvosi ham taqiqlaydi. Atom energetikasi xalqaro agentligi (MAGATE) yillar davomida barcha yadro obyektlarimizni kuzatib keldi, nazoratni hech qachon to‘xtatmagan. Ammo so‘nggi voqealar, jumladan, xalqaro munosabatlar va xavfsizlik sharoitidan kelib chiqib, kelishuvni to‘xtatdik," – deb izoh berdi.
Taker Karlson: "Agar siz xalqaro agentlik bilan hamkorlikni to‘xtatgan bo‘lsangiz, dunyo Eron uranni boyitmayotganiga qanday ishonadi? Bunga kim kafolat beradi?" – degan savolni qo‘ydi. Pizishkiyon bu savolga aniq, to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan ko‘ra, Eron Amerika bilan muzokara qilmoqchi bo‘lgan paytda Isroil tomonidan to‘satdan zarba berilganini, AQSH esa bu jarayonda neytral qolmaganini ta’kidladi. Bu vaziyatda MAGATE inspektorlari uchun ham yadro obyektlariga kirish, to‘liq tekshiruv o‘tkazish imkoniyati yo‘qolganini bildirdi.
Eron prezidenti Karlsonning "MAGATE inspektorlari Isroilga ma’lumot uzatgani haqidagi xabarlarga munosabatingiz qanday?" degan savoliga: "Bizda agentlik faoliyati borasida shubhalar bor edi, lekin ularning obyektlarimizga kirishiga doim ruxsat berilgan. Ammo ishonch so‘nggi hisobotdan so‘ng butkul yo‘qoldi. Isroil yadro obyektlarimizga zarba berdi, xalqaro tashkilot esa jim qoldi. Bu hech qanday to‘g‘ri yondashuv emas", – deya javob qaytardi.
Muhokama davomida Karlson Eron – AQSH, Eron – Isroil munosabatlaridagi barcha og‘riqli nuqtalarga to‘xtalib o‘tdi. Pizishkiyon, o‘z navbatida, Isroilning so‘nggi harbiy hujumida qatnashmagan, qo‘lida qurol bo‘lmagan odamlar – ayollar, bolalar, hatto homilador ayollar o‘ldirilganini, bu esa aniq harbiy jinoyat ekanini bildirib o‘tdi. “Yaqinlarim, oila a’zolarim, hatto o‘zim ham qurbon bo‘lishim mumkin. Lekin davlatimni himoya qilish, xalqimning huquqlarini saqlash uchun oxirigacha kurashaman”, – dedi u.
Pizishkiyon, shuningdek, amerikaliklarga murojaat qilib, Eron va AQSH o‘rtasida 200 yildan buyon hech qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri urush bo‘lmaganini, eronliklar amerikaliklarga nisbatan hech qanday terror amaliyoti qilmaganini alohida qayd etdi. “Bizga nisbatan noto‘g‘ri qarashlar singdirilgan. Eronliklar AQSHga emas, global zulm va adolatsizlikka qarshi”, – deya aniq so‘z bilan ta’kidladi.
Karlson intervyu davomida Amerikadagi eronlik muhojirlar masalasini ham ko‘tardi, ularni terror guruhlari bilan bog‘lash borasida qator g‘arazli fikrlar aytdi. Pizishkiyon bunga “bu yolg‘onni birinchi marta sizdan eshityapman” deya, eronliklarning aql-zakovati, mehr-oqibati, yaxshi muomalasi bilan ajralib turadigan xalq ekanini ta’kidladi.
Suhbat tugaganda Karlson Amerika jamiyatida Isroilga bo‘lgan munosabatni ham qo‘zg‘atdi. Shu paytgacha amerikaliklar uchun Isroil mutlaq haq va “muqaddas” davlat sifatida ko‘rsatilib kelingan bo‘lsa, endi so‘nggi voqealar, Yaqin Sharqdagi voqeliklar ularda savollar uyg‘otmoqda. Karlsonning obunachilar soni 4,25 millionga yetgan YouTube kanalidagi ushbu suhbat keng auditoriyaga chiqdi. Demak, endi amerikaliklar faqat o‘zlari uchun yozilgan ssenariyni emas, balki Yaqin Sharq rahbarining ham pozitsiyasini eshitish imkoniga ega.
Karlsonning intervyusida o‘nlab o‘tkir, to‘g‘ridan to‘g‘ri va ishonchli savollar bo‘ldi, Pizishkiyon esa diplomatik, bayon va bir vaqtda qat’iy javoblari bilan o‘zi va xalqi nuqtayi nazarini ishonchli ifoda qildi. Har ikki tomon so‘z erkinligi, pozitsiya va qarashlar farqini namoyon qildi.
Yakuniy xulosa qilinadigan bo‘lsa, bu intervyu nafaqat Eron va AQSH, balki butun dunyo jamoatchiligi uchun muhim voqea bo‘ldi. Unda yadro xavfsizligi, terror va urush, xalqaro munosabatlar, AQSH va Isroilning siyosiy yuzi, diplomatiyaning qay darajada xaqiqiy ekani haqida ko‘plab fikrlar aytiladi. Pizishkiyonning shaxsiy jasorati, davlatga sadoqati, Karlsonning to‘g‘ri va tanqidiy savollari – buning bari XXI asr siyosiy formatini yaqqol namoyon qildi.
Shubhasiz, bu suhbat keyingi kunlarda ham katta muhokamaga sabab bo‘ladi. Chunki jahon siyosatining "qora quyoni" deb ataladigan Yaqin Sharq masalalarida endilikda oddiy amerikalik ham, qarama-qarshi tomon ham o‘z so‘zini aytishiga yo‘l ochildi. Karlsonning savollari va Pizishkiyonning javoblari, balki, yangi siyosiy bosqichga yo‘l ochadi – bu tarixga aylanishi mumkin bo‘lgan intervyu bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar