
Oilaviy munosabatlar mavzusi ko‘pchilik uchun eng og‘riqli va eng murakkab masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu mavzuda Rus pravoslav cherkovi vakili, Archpriyest Gennadiy Shkilning bildirgan fikri jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi pravmir.ru.
Uning ta’kidlashicha, zamonaviy ajralishlarning 80 foizi ayollar sababli sodir bo‘lar ekan. Sabab – ularda tabiiy "kimyoviy tuyg‘ular", ya’ni emotsional sabr va ichki barqarorlik yetishmasligi. Gennadiy Shkilga ko‘ra, bugungi ayollar muhabbatni noto‘g‘ri anglaydi: ular uchun muhabbat bu – ehtiros, romantika, hissiyot va uyg‘unlik. Biroq shu “uchqun” so‘nishi bilanoq, nikoh ular uchun yukka aylanadi.
“Bugungi nikohlar ko‘p hollarda haqiqiy mehr va sadoqatga emas, nafs va ilk hissiy ko‘tarinkilikka asoslanadi. Va bu hissiyotlar so‘nishi bilan, ayniqsa ayollar, oiladagi muammolarga sabrsizlik bilan munosabat bildirishadi”, – deydi ruhoniy.
Shkilning so‘zlariga ko‘ra, ayol tabiatidagi "kimyo" degani – oilada barqarorlik saqlash qobiliyati, erkakni qo‘llab-quvvatlash, samimiy muloqot qilish va bag‘rikenglik ko‘rsata olish xislatlari. Uning ta’kidicha, bu xususiyatlar zamonaviy ayollarda yetishmaydi. Ulardan ko‘proq talab qilish, doimiy ravishda rozilik kutish va munosabatlardan "har doim gullab-yashnash"ni talab qilish, oqibatda oilani yemirishiga olib kelmoqda.
U nafaqat ayollarni, balki jamiyatni ham bu yo‘nalishda mas’uliyatliroq bo‘lishga chaqirdi. “Qiz bolalarga bolalikdanoq nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ichki olam, sabr va sadoqat haqida ta’lim berish kerak. Biroq bu qadriyatlar yo‘qolib borayotgan bir paytda, ajralishlar soni ortishi muqarrar”, – deydi Archpriyest.
Mavzuga nisbatan turli qarashlar mavjud. Kimdir bu fikrni qattiq tanqid qilmoqda, kimdir esa hayotdan olingan achinarli real haqiqat deb baholamoqda. Lekin aniq narsa shundaki – bu mavzuda mulohaza qilish, bahslashish va fikr almashish jamiyatda barqaror oilaviy muhitni shakllantirish uchun juda ham muhim.
Qolaversa, bu kabi bahsli bayonotlar faqat shaxsiy fikrni aks ettirishi mumkin. Haqiqat esa har bir oilada o‘zicha, har bir inson munosabatlarni qanday qurishini, qanday qadriyatlarga tayanishini o‘zi hal qiladi.
Ammo barcha holatlarda bir narsa unutilmasligi kerak: muhabbat – bu hissiyotgina emas, mas’uliyat, mehnat va bir-birini tushunish jarayoni. Ana shundagina "kimyo" ham, barqaror oila ham vujudga keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar