Buyuk Britaniyada 2024 yil martidan 2025 yil martigacha davr mobaynida 262 nafar mahbus adashib qamoqxonalardan ozod qilingan. Bu haqda The Sun nashri mamlakat qamoqxona xizmati ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu raqam o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. 2023 yilda xatolik orqali ozod qilingan mahbuslar soni 115 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 128 foizga ko‘paydi.
The Sun ta’kidlashicha, ayrim noto‘g‘ri ozod qilishlar Kir Starmer hukumati tomonidan joriy etilgan mahbuslar sonini qisqartirish dasturi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Dasturga ko‘ra, mahkumlar jazo muddatining kamida 40 foizini o‘tab bo‘lgach, muddatidan avval ozod qilinishi mumkin edi.
Biroq, gazetaning qayd etishicha, dasturda nazarda tutilmagan ayrim jinoyatlar bo‘yicha qamalgan mahkumlar ham ozod etilgan holatlar kuzatilgan. Bu esa jiddiy norozilik va xavotirlarga sabab bo‘ldi.
Buyuk Britaniya Adliya vazirligi esa bu xatolarni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida maxsus guruh tuzilishini ma’lum qildi.
Britaniyada yuzlab mahbuslar adashib qamoqxonalardan ozod qilingan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar