AQSh Hormuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishini ta’minlamoqda

AQSh harbiylari so‘nggi uch hafta ichida Eron blokadasiga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozi orqali 70 ga yaqin kemaning xavfsiz o‘tishiga ko‘maklashgani aytilmoqda. Bu haqda The New York Times manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi savdo kemalarining strategik muhim suv yo‘lidan o‘tishini osonlashtirgan. Ayrim kemalar ko‘rinishni kamaytirish maqsadida bo‘g‘ozga kirishdan oldin transponderlarini o‘chirgan.
Ba’zi holatlarda kemalar yo‘nalishi Eron qirg‘oqlaridan uzoqroq hududlar orqali belgilangan. Bu choralar xavfni kamaytirish va yuk tashish jarayonini davom ettirish uchun amalga oshirilgani aytilmoqda.
NYT qayd etishicha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish yo‘qligi sabab mintaqadagi vaziyat hamon tarangligicha qolmoqda. Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanish esa savdo kemalari uchun xavfli bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!