date

Niderlandiyada politsiya homilador ayolni yerga uloqtirdi

Niderlandiyada politsiya homilador ayolni yerga uloqtirdi

Niderlandiyadagi qochqinlar markazlaridan birida sodir bo‘lgan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarqalgan videolarda politsiya xodimlarining homilador ayolga nisbatan kuch ishlatib, uni yerga uloqtirgani aks etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari markazga tahdid va vandalizm holatlari haqida kelib tushgan xabarlar ortidan yetib kelgan. Politsiya tartibsizlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olishga uringan paytda, uning rafiqasi ekani taxmin qilinayotgan homilador ayol ularga yaqinlashgan.

Voqea davomida yuzaga kelgan keskin vaziyatda politsiya kuch ishlatgan va ayol yerga yiqitilgan. Ushbu holat videoga tushib qolgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi va jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, ayol hodisadan so‘ng muddatidan oldin farzandini dunyoga keltirgan. Chaqaloqning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan politsiya xodimlarining harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlangan. Mutasaddilar voqea tafsilotlarini o‘rganib chiqib, qonuniy baho berilishini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiyada politsiya homilador ayolni yerga uloqtirdi