date

Turkiyada avtobus yonib ketdi

Turkiyada avtobus yonib ketdi

31 may kuni Turkiyaning Denizli viloyatida yo‘lovchi avtobusi yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilib, yonib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Izmirdan Antaliyaga ketayotgan avtobusda 38 nafar yo‘lovchi va 3 nafar xodim bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 9 oylik chaqaloq ham bor. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yotqizilgan.

Fojia munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘llab, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada avtobus yonib ketdi