
Marvel olamidagi O‘rgimchak-odam rolini ijro etgan aktyor Tom Xollandning Instagram sahifasi rus tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilar tomonidan ko‘plab izohlar bilan to‘ldirildi. Ular taniqli qo‘shiqchi Larisa Dolinadan firibgarlik yo‘li bilan olingan pulni qaytarishni talab qilishmoqda.
Gap shundaki, firibgar Dolinani aldash uchun Xollandning fotosurati tushirilgan hujjatni ishlatgan. Bu haqda qo‘shiqchi "Pust govoryat" dasturida so‘zlab berdi.
Xollandning postlaridagi izohlarda hazil va istihzolar ko‘paydi. Ayrim foydalanuvchilar uni "O‘rgimchak-odam: Uyga qaytish" filmi nomi bilan bog‘lab, kulgili izohlar yozgan.
Boshqalar esa, Hollivudda vaziyat shu qadar yomonlashganmi, hattoki mashhur aktyorlar ham firibgarlik bilan kun kechirishga majbur deya hazillashmoqda. Shuningdek, bu holatni yoqtirmagan va rus xalqi nomidan uzr so‘ragan foydalanuvchilar ham uchradi.
Ularning biri ingliz tilida quyidagicha yozgan: "Hurmatli Tom, barcha ruslar nomidan ko‘p sonli izohlar uchun uzr so‘rayman! Bu bizning qo‘shiqchimiz Larisa Dolina bilan bog‘liq vaziyat tufayli. Biz seni sevamiz va qadrlaymiz!"
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.