AQSH Tinch okeanida kemaga zarba berdi Video

AQSH Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi Tinch okeanida bir kema urib tushirilganini ma’lum qildi. Harbiylar bayonotiga ko‘ra, ushbu kema go‘yoki terrorchi tuzilmalar tomonidan foydalanilgan va noqonuniy narkotik savdosiga aloqador bo‘lgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Qo‘mondonlik X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarda operatsiya AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset ko‘rsatmasi bilan o‘tkazilganini bildirdi. Rasmiy versiyaga ko‘ra, kema narkotiklar kontrabandasi uchun ma’lum yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlangan va “Janubiy nayza” birlashgan tezkor guruhi kuchlari tomonidan nishonga olingan. Zarba oqibatida bortdagi ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi tirik qolgan.
Bundan avval AQSH harbiy-dengiz kuchlari ochiq dengizda, hech bir davlatning hududiy suvlari tashqarisida “Marinera” tankerini qo‘lga olgani xabar qilingan. Kema 2025-yil 24-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi davlat bayrog‘i ostida suzish uchun vaqtinchalik ruxsat olgan, bu ruxsat Rossiya qonunchiligi hamda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq berilgani qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!