date

TIV Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy izoh berdi

TIV Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy izoh berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Dubayda o‘zbekistonliklar sudlangani haqidagi OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar yuzasidan rasmiy tushuntirish berdi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2025 yil aprelida sodir bo‘lgan va unda O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi ishtirok etgan ommaviy mushtlashuv qayd etilgan.

21 yanvar kuni Dubay sudi mushtlashuvda qatnashgan sakkiz kishining barchasiga umrbod qamoq jazosi tayinlagan. Yana bir nafar O‘zbekiston fuqarosiga esa 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

TIV diplomatik vakolatxonalar hamda tegishli idoralar holatni batafsil o‘rganish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rayotganini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » TIV Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy izoh berdi