date

Leon Kennedi qaytdi: Resident Evil Requiem treyleri taqdim etildi

Leon Kennedi qaytdi: Resident Evil Requiem treyleri taqdim etildi

2025 yilning 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan The Game Awards 2025 marosimida Resident Evil Requiem o‘yinining yangi treyleri taqdim etildi. Ushbu treylerda Leon Kennedining qaytishi tasdiqlandi. Bu haqda DTF xabar berdi.

Leon Kennedi 2012 yilda chiqarilgan Resident Evil 6 o‘yinidan so‘ng ilk bor seriyaga qaytmoqda. U ikkinchi bosh qahramon sifatida Greys Eshkfort bilan birlashib, yangi yovuz qahramon Viktor Gideonga qarshi kurashadi. O‘yinning yangi qismi Resident Evil: Outbreak o‘yinida vafot etgan jurnalist Alisa Eshkroftning qizi atrofida rivojlanadi.

Endi u FBI agenti bo‘lib, Rakkun-Sitiga tergov olib borish uchun keladi. Resident Evil Requiem o‘yinining chiqarilishi 2026 yilning 27 fevraliga belgilangan.

O‘yin PC, PS5, Xbox Series X|S va Nintendo Switch 2 platformalarida sotuvga chiqadi. Yanvar oyida loyiha haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladigan alohida taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bungacha esa Leon Kennedi tasvirlangan o‘yin qutisi tasodifan internetga tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Leon Kennedi qaytdi: Resident Evil Requiem treyleri taqdim etildi