date

Mo‘ynoqda kuchli bosimli yangi gaz qudug‘i aniqlandi

Mo‘ynoqda kuchli bosimli yangi gaz qudug‘i aniqlandi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan 2-son izlov-qidiruv qudug‘idan yuqori bosimli, sanoat darajasida qazib olinadigan tabiiy gaz oqimi qayd etildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MCHJning tajribali mahalliy mutaxassislari zamonaviy xorijiy texnologiyalar yordamida quduqni 90 kun davomida burg‘ilagan. Loyihadagi umumiy chuqurligi 5 ming metr bo‘lgan ushbu nuqtadan hozirda kuniga 2,4 million kub metr tabiiy gaz olinmoqda.

Ayni paytda hududdagi boshqa istiqbolli chuqur quduqlarda ham tunu-kun burg‘ilash jarayonlari davom etmoqda. Mutaxassislar yil oxirigacha ushbu quduqlardan ham yuqori bosimli gaz oqimi olinishi mumkinligini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mo‘ynoqda kuchli bosimli yangi gaz qudug‘i aniqlandi