date

Korrupsiya haqida xabar berganlarga maxsus orderlar joriy etiladi

Korrupsiya haqida xabar berganlarga maxsus orderlar joriy etiladi

O‘zbekistonda korrupsiya haqida ma’lumot bergan fuqarolarni himoya qilish va ularning huquqlarini kafolatlash tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirishga qaratilgan yangi mexanizmlar bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda korrupsion holatlar haqida 31 nafar fuqaro xabar bergan. Qonunchilikda rag‘batlantiruvchi pul mukofotlari belgilangan bo‘lsa-da, amaldagi tartibda ularga asosan faqat minnatdorchilik maktublari topshirilgan. So‘rov natijalari aholining qariyb 30 foizi yetarli himoya kafolatlari yo‘qligi sababli bunday holatlar haqida bildirishdan cho‘chishini ko‘rsatmoqda. Shu bois, xabar beruvchilarni himoyalash maqsadida ularga maxsus orderlar joriy etish taklif qilindi.

Yig‘ilish davomida yuqori darajada byurokratik bo‘lgan va to‘liq raqamlashtirilmagan sohalarda korrupsiya xavfini aniqlash uchun loyiha ofislarini tashkil etish zarurligi qayd etildi. Ushbu tuzilmalar faoliyati bo‘yicha natijalar muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazib boriladi.

Shu bilan birga, investitsiya dasturlarini monitoring qilish, qurilish jarayonlarini joyida nazorat qilish kabi jarayonlarda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish taklif etildi. Fuqarolarning faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus mukofot nishoni ta’sis etilishi rejalashtirilgan.

Majlisda soliq boshqaruvini raqamlashtirish masalasi ham alohida muhokama qilindi. Prezident QQS hisob-kitoblarini to‘liq avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazish jarayonini tezlashtirish va inson omili sabab yuzaga keladigan xatolarni keskin kamaytirishni topshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Korrupsiya haqida xabar berganlarga maxsus orderlar joriy etiladi