date

Larry Ellisonning boyligi $27 milliardga qisqardi

Larry Ellisonning boyligi $27 milliardga qisqardi

Oracle kompaniyasining asoschisi Larri Ellison bir kunda o‘z boyligining deyarli $27 milliardini yo‘qotdi. Bu haqda Forbes Real-Time Billionaires reytingida ma’lumot berilgan.

12 dekabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, uning umumiy boyligi $249,5 milliardni tashkil etdi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan deyarli 10% kam. Hozirda Ellison dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turibdi.

Undan oldinda Ilon Mask va Larri Peyj joylashgan. Ellisonning boyligidagi bu pasayish Oracle aksiyalarining keskin tushishi bilan bog‘liq.

Nyu-York fond birjasidagi savdolarda kompaniya aksiyalari 10,8%ga, ya’ni $198,85 narxiga tushdi. Kun davomida esa bu pasayish 16,5%ga yetgan.

Investorlarning bunday salbiy munosabatiga Oracle’ning 2026 moliyaviy yilining ikkinchi choragi bo‘yicha hisobot natijalari sabab bo‘ldi. Kompaniya prognozlardan past ko‘rsatkichlarni e’lon qildi, shuningdek, kapital xarajatlarining sezilarli oshishi haqida ogohlantirdi.

Bundan tashqari, korporatsiyaning qarz majburiyatlari ham xavotir uyg‘otmoqda. Kuz faslida Oracle yangi ma’lumot markazlarini qurish uchun $18 milliard qiymatdagi obligatsiyalar chiqarib, yirik bank kreditlari jalb qilgan edi.

Citi tahlilchilarining fikriga ko‘ra, kelgusi uch yil davomida Oracle har yili $20-30 milliard qo‘shimcha qarz mablag‘lariga ehtiyoj sezishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Larry Ellisonning boyligi $27 milliardga qisqardi