date

Barselona Fermin Lopes bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi

Barselona Fermin Lopes bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi

“Barselona” yarim himoyachi Fermin Lopes bilan yangi kelishuv bo‘yicha murosaga keldi. La Vanguardia xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani 2031 yil o‘rtalarigacha amal qiladigan ko‘rinishda kelishib olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangilangan bitim doirasida Lopesning maoshi 50 foizga oshadi. Shuningdek, uning shartnomadagi tovon puli ham ikki barobar ko‘tarilib, 1 milliard yevroga yetadi. Bunday summa tufayli futbolchini “Barselona”dan sotib olishga dunyodagi birorta klub ham jur’at qilishi qiyin.

Kataloniya klubi shartnoma uzaytirilganini Chempionlar ligasidagi “Kopengagen”ga qarshi o‘yindan so‘ng rasman e’lon qilmoqchi. Uchrashuv 28 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Fermin Lopes 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va jamoadoshlariga 10 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Fermin Lopes bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi