Venesuelada qurbonlar bor AQSh keyingi harakatlarni rejalashtirmayapti

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, jinoiy javobgarlik masalasida sudga tortish uchun AQShga olib ketilgani xabar qilindi. Vashington esa bu voqeadan so‘ng Venesuela hududida qo‘shimcha amaliy harakatlar rejalashtirmayotganini bildirdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
AQSh senatori Mayk Li Marko Rubio so‘zlariga tayanib, operatsiyaning asosiy maqsadi aynan Maduroni hibsga olish bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, qayd etilgan harbiy harakatlar faqat hibsni amalga oshirgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan, operatsiyani kengaytirish yoki harbiy bosqichni davom ettirish ko‘zda tutilmagan.
New York Times Venesuela rasmiylariga tayanib, AQSh zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar borligini yozdi. Qurbonlar soni hozircha aniqlashtirilmagan.
AQSh ma’muriyati Maduroning sud oldida javob berishi shartligini urg‘ulamoqda. Davlat kotibi o‘rinbosari uning jinoyatlari bo‘yicha adliya doirasida javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgan.
Avvalroq AQSh harakatlari ortidan qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar rasmiylari vaziyat yuzasidan xavotir bildirgani ham qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!