Vyetnamda mashhur teshiklari bo‘lmagan bilyard stoli tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi

Ijtimoiy tarmoqlarda teshiklari bo‘lmagan bilyard stoli aks etgan videolar ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Bu o‘yin karambol bilyardi, aniqrog‘i, uch bortli bilyard deb ataladi.
Unda odatiy bilyarddagidek shar tushirish uchun teshiklar bo‘lmaydi. O‘yinda oq, sariq va qizil rangdagi uchta shar ishlatiladi. O‘yinchining vazifasi o‘z shari bilan qolgan ikki sharga tegishdan iborat.
Biroq zarba hisobga olinishi uchun shar raqib sharlariga yetib borishdan oldin yoki oraliqda kamida uch marta stol bortiga tegishi kerak. Shu sabab karambol bilyardi aniq hisob-kitob, burchakni to‘g‘ri tanlash va zarba kuchini nazorat qilishni talab etadi.
Bu sport turi Vyetnamda ayniqsa ommalashgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng ko‘pchilik teshiksiz bilyard qoidalariga qiziqish bildirmoqda.































Izohlar 0
…