Vetnamda “kachok” xo‘rozlar e’tibor tortdi

1 daqiqa o'qish707
Vetnamda “kachok” xo‘rozlar e’tibor tortdi

Ijtimoiy tarmoqlarda oyoqlari nihoyatda yo‘g‘on va gavdasi baquvvat xo‘rozlar aks etgan video tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.

Videodagi qushlar Ga Dong Tao zotiga mansub bo‘lib, ularning eng asosiy xususiyati — odatdagidan ancha katta va yo‘g‘on oyoqlaridir. Mazkur zot Vetnamning shimolidagi Xungyen viloyatidagi Dong Tao hududidan kelib chiqqan. Dong Tao - qadimgi zamonlardan beri xo‘roz urishtirish bilan shug‘ullanib kelingan yirik Vetnam qishlog‘i.

Ga Dong Tao xo‘rozlarining oyoqlari nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki suyak va mushak tuzilishi jihatidan ham boshqa ko‘plab tovuq zotlaridan farq qiladi. Tadqiqotlarda ularning boldir qismidagi suyaklar va unga birikuvchi mushak-pay tizimi sezilarli darajada yirik ekani aniqlangan.

Bu zot Vetnamda nafaqat noodatiy ko‘rinishi, balki go‘shti bilan ham qadrlanadi. Ga Dong Tao tovuqlari mahalliy an’analar va maxsus taomlar bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim hollarda yuqori narxda sotiladi.

Ga Dong Tao xo‘rozlarining vazni odatda oddiy uy tovuqlariga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Shu sababli internetda ularning yirik gavdasi va bahaybat oyoqlari aks etgan surat hamda videolar tez-tez qiziqish uyg‘otadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?