Dubayda mashhur robot to‘yi haqida xabar berdi

1 daqiqa o'qish171
Dubayda mashhur robot to‘yi haqida xabar berdi

Dubayda ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli va o‘ziga xos videolari bilan tanilgan gumanoid robot Bo Sunayda kutilmaganda to‘yi haqida e’lon qildi. Uning bu xabari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

To‘y haqidagi xabar robotning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan bo‘lib, unga marosimdan olingan bir nechta suratlar ham ilova qilindi. Suratlarda Bo Sunaydaning yana bir robot — Moza bilan to‘y marosimi o‘tkazgani aks ettirilgan.

Biroq robot ortida turgan kompaniya ushbu tadbir haqiqiy nikoh emasligini alohida ta’kidladi. Ya’ni marosim yuridik yoki diniy nikoh sifatida rasmiylashtirilmagan, balki ijtimoiy tarmoqlar uchun maxsus tayyorlangan kontent hisoblanadi.

Robot qanday mashhur bo‘lgan?

Bo Sunayda SS Lootah Group tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosi dastlab tadqiqot va ta’lim maqsadlarida yaratilgan Unitree G1 gumanoid robotiga borib taqaladi.

Robot so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng ommalashib, turli videolari orqali ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini qozongan. Unda BAAning milliy madaniyati, urf-odatlari va an’analari namoyish etiladi.

Shuningdek, Bo Sunayda turli ommaviy tadbirlarda ham ishtirok etib, zamonaviy robototexnika bilan mahalliy madaniyat uyg‘unligini ko‘rsatib kelmoqda.

Shu sababli robotning Moza bilan o‘tkazilgan sahnalashtirilgan «to‘yi» ham ijtimoiy tarmoqlarda odatdagidan ko‘ra ko‘proq qiziqish uyg‘otgan o‘ziga xos kontentga aylandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?