Floridada timsoh hujumi oqibatida ayol qo‘lidan ayrildi

1 daqiqa o'qish7.1K
Floridada timsoh hujumi oqibatida ayol qo‘lidan ayrildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Florida shtatidagi Silver River daryosida suzayotgan ayol timsoh hujumiga uchrab, og‘ir jarohat oldi va keyinchalik uning o‘ng qo‘li amputatsiya qilindi.
  • Ayol qutqarilgach, unga dastlabki yordam ko‘rsatilib, mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, hozirda holati yaxshilanmoqda.
  • 8 avgust kuni hujum qilgan, uzunligi taxminan 9 fut 8 dyuym, ya'ni qariyb 3 metr bo‘lgan erkak timsoh ushlandi va xavfsiz hududga ko‘chirildi.

AQSHning Florida shtatida ayol suvda suzayotgan vaqtda timsoh hujumiga uchrab, og‘ir jarohat oldi. Hodisadan so‘ng uning o‘ng qo‘lini amputatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.

Voqea Marion okrugidagi Silver River daryosida sodir bo‘lgan. Guruh bo‘lib suzayotgan odamlar orasida bo‘lgan ayol timsohga duch kelgan. Guvohlarning aytishicha, u jonini saqlab qolish maqsadida hayvonni paddleboard'dan foydalaniladigan eshkak bilan qaytarishga uringan. Biroq timsoh unga tashlanib, suv ostiga tortib ketgan.

Yaqin atrofdagi qayiqlarda bo‘lgan odamlar ayolning baqirig‘ini eshitib, zudlik bilan yordamga oshiqqan. Bir muddatdan keyin timsoh uni qo‘yib yuborgan. Shundan so‘ng qon ketishini nazorat qilish uchun jarohatlangan qo‘liga arqon yordamida jgut qo‘yilgan va ayol yaqindagi qayiq to‘xtash joyiga olib borilgan.

Tez tibbiy yordam xodimlari uni qayiqdan qabul qilib olib, mahalliy shifoxonaga yetkazgan. Shifokorlar uning ahvolini barqarorlashtirish uchun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan. Biroq keyinchalik ayolning o‘ng qo‘lini amputatsiya qilishga qaror qilingan. Shundan so‘ng u uyiga jo‘natilgan va holati yaxshilanib borayotgani ma’lum qilingan.

Timsoh qidirilib, ushlandi

Hodisadan keyin rasmiylar Silver River daryosida qayiqlarda harakatlanish va suzishni vaqtincha taqiqladi. Florida Baliq va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish komissiyasi xodimlari esa hujum qilgan timsohni qidirish ishlarini boshladi.

8 avgust kuni uzunligi taxminan 9 fut 8 dyuym, ya’ni qariyb 3 metr bo‘lgan erkak timsoh ushlangani ma’lum qilindi. U xavfsiz hududga ko‘chirildi. Shundan keyin daryo qayiqlar va suzuvchilar uchun yana ochildi.

Mutaxassislar Floridadagi 67 okrugning barchasidagi turli suv havzalarida timsohlar uchrashi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu bois aholi va sayyohlarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish tavsiya etilgan.

Jumladan, timsohlar uchraydigan suvlarda faqat maxsus belgilangan joylarda va kunduzgi vaqtda suzish, uy hayvonlarini suv bo‘yidan uzoqroq tutish hamda yovvoyi timsohlarni hech qachon ovqatlantirmaslik kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?