Kerim Alajbegovic nega Chelsinikidan Yuventus loyihasini tanladi?

1 daqiqa o'qish144
Kerim Alajbegovic nega Chelsinikidan Yuventus loyihasini tanladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kerim Alajbegovic Chelsining moliyaviy jihatdan jozibali taklifiga qaramay, o'z rivojlanishi va asosiy tarkibda o'ynashi uchun aniq kafolat beradigan Yuventus loyihasini tanladi.
  • Uning qaroriga Yuventusning tezkor harakatlari, Miralem Pjanichning klub haqidagi iliq taassurotlari hamda Luchano Spallettining yosh futbolchilar bilan ishlash uslubi ta'sir ko'rsatdi.

Bosniyalik yosh iqtidor Kerim Alajbegovic oʻz faoliyatini nima sababdan Angliya Premer-ligasida emas, balki Italiya A seriyasida davom ettirgani va Turin klubini tanlagani haqida batafsil gapirib berdi. Goal.com xabar qilishicha, Yevropaning bir qancha top-klublari eʼtiborida boʻlgan futbolchi yakunda «Keksa sinyora» safiga oʻtishni maʼqul koʻrgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

RB Salzburg tizimida yorqin oʻyinlari bilan tanilgan Alajbegovic transfer bozorida eng koʻp qidirilayotgan yosh isteʼdodlardan biriga aylangandi. Unga Milan, Roma va Napoli kabi klublar qiziqish bildirgan boʻlsa-da, dastlab Chelsi transfer poygasida gʻolib chiqqandek koʻringandi. Biroq soʻnggi daqiqadagi oʻzgarishlar va Yuventusning tezkor harakatlari vaziyatni butunlay oʻzgartirib yubordi.

Turin klubining jozibasi va Pjanichning taʼsiri

Tuttosport nashriga bergan intervyusida yosh futbolchi Turin klubi taklifini rad etishning iloji yoʻqligini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, dunyoning eng buyuk klublaridan biri chaqirganda, oʻylab oʻtirishga hojat qolmaydi. Shuningdek, uning tanloviga vatandoshi Miralem Pjanichning ham taʼsiri katta boʻlgani, chunki yarimhimoyachi avval Yuventusda oʻynab, klub haqida iliq taassurot qoldirgani taʼkidlandi.

Chelsining moliyaviy jihatdan jozibali taklifiga qaramay, Alajbegovic oʻz rivojlanishi va asosiy tarkibda toʻp surishi uchun aniq kafolat beradigan loyihani qidirgandi. Aynan shu nuqtada bosh murabbiyning taktik yondashuvi va yosh futbolchilar bilan ishlash uslubi hal qiluvchi rol oʻynadi.

Luchano Spallettining talablari va Del Pieroning eʼtirofi

Futbolchi mashgʻulotlardagi talablar yuqoriligini va murabbiyning mukammallikka intilishini alohida eʼtirof etdi. Har bir mashgʻulotda pas aniqligi, harakat va pozitsiya boʻyicha yangi narsalarni oʻrganayotganini aytgan hamyurtimiz bu qadam uning professional oʻsishi uchun muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, Italiya futbolining afsonasi Alessandro Del Piero yosh futbolchini «haqiqiy iqtidor» deb atagani Alajbegov uchun katta sharaf boʻldi. Afsonaning bunday iliq soʻzlari unga yanada masʼuliyat yuklashini va oldinda uzoq yoʻt turganini qayd etdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?