Moskvalik oilada 15-farzand dunyoga keldi

41 yoshli Nadejda Rogova 15-marotaba ona bo'ldi va moskvalik oilada qizaloq dunyoga keldi. Ota-ona chaqaloqqa Vera deb ism qo'yishdi, shu tariqa oilada 10 nafar qiz va 5 nafar o'g'il ulg'aymoqda. Nadejda Rogova katta oiladagi mehr va totuvlikning asosiy siri bir-birini qo'llab-quvvatlash, sevish va o'zaro yordam berishda ekanini ta'kidladi.
Moskvalik oilada quvonchli voqea yuz berdi — 41 yoshli Nadejda Rogova 15-marotaba ona bo‘ldi. Rus ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, oilada navbatdagi farzand — qizaloq dunyoga kelgan.
Ota-ona yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Vera, ya’ni “Ishonch” deb ism qo‘yishdi. Shu tariqa, bu katta va inoq oilada endi 10 nafar qiz va 5 nafar o‘g‘il ulg‘aymoqda.
15 nafar farzandni tarbiyalash, ularga yetarlicha mehr berish va har birining e’tiborini his qilishiga sharoit yaratish oson emas. Shunga qaramay, Nadejda Rogova katta oiladagi mehr va totuvlikning asosiy siri bir-birini qo‘llab-quvvatlashda ekanini ta’kidlaydi.
Ko‘p farzandli ona oilada shunchalik ko‘p mehr-muhabbat qanday joy olishi haqidagi savolga shunday javob bergan:
«Xudo farzand beradi va ular dunyoga kelishadi, har bir go‘dak bilan birga Xudo yanada ko‘proq kuch va mehr ulashadi. Menimcha, eng muhimi — hamma narsaga soddaroq qarash, bir-birini sevish va o‘zaro yordam berishdir. Shunda hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi».
Rogovaning fikricha, katta oilada eng muhim jihat — farzandlar o‘rtasida mehr, o‘zaro hurmat va yordam muhitini shakllantirish. Yangi chaqaloqning dunyoga kelishi esa oila uchun yana bir katta quvonch va mehr manbaiga aylangan.






























Izohlar 0
…