Oyoqlari bilan rasm chizadigan Fotima uzoq yillik orzusi Ronaldu bilan uchrashdi

1 daqiqa o'qish102.6K
Oyoqlari bilan rasm chizadigan Fotima uzoq yillik orzusi Ronaldu bilan uchrashdi

Eronlik rassom Fotima Hammomiy Nasrobodiyning yillardan beri orzu qilgan uchrashuvi amalga oshdi. U Krishtianu Ronaldu bilan ko‘rishib, unga o‘zi chizgan portretlarini taqdim etdi.

Fotima 85 foiz falajlangan bo‘lsa-da, san’at bilan shug‘ullanadi. U rasmlarni qo‘llari bilan emas, oyoq barmoqlari yordamida chizadi. Futbolchilar, aktyorlar va dunyoga taniqli insonlarning portretlari uni ijtimoiy tarmoqlarda tanitgan.

Ronaldu “Al-Nassr” jamoasi bilan Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Tehronga kelganida, Fotima unga murojaat qildi. U internetda “Ronaldu bilan uchrashib, unga rasmimni taqdim etishni istayman”, degan mazmunda hissiyotli post qoldirdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, uning istagi amalga oshdi. Ronaldu Fotimani “Al-Nassr” qarorgohida shaxsan kutib oldi, unga dastxatli futbolka berdi va portretlarini qabul qildi.

Bu lahza ko‘pchilik uchun ta’sirli voqeaga aylandi. Fotima uchun esa bu yillar davomida kutilgan uchrashuv bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?