Indoneziyada 25 yoshli ayol sharsharadan qulab halok bo‘ldi

Indoneziyada 25 yoshli ayol sharsharadan qulab halok bo‘ldi

Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra viloyatidagi Robo Harau sharsharasida 25 yoshli Windy Rahma Putri halok bo‘ldi. Hodisa 2026 yil 15 oktyabr kuni ayol sharshara hududida cho‘milayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Bu haqda Detik.com xabar berdi.

Mahalliy OAVlar xabar berishicha, ayol suv oqimi yaqinida sirpanib ketib, pastga qulab tushgan. U suvga oqib ketganidan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan.

Qidiruv ishlari 16 oktyabr kuni ham davom ettirilgan. G‘arbiy Sumatra viloyatidagi Padang qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari Abdul Malikning ma’lum qilishicha, ayolning jasadi soat 10:45 da topilgan. Shundan so‘ng uning jasadi evakuatsiya qilinib, oila a’zolariga topshirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar