Internetda shov-shuv: Kim Chen Inning g‘alati haykali tarqaldi!

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mahalliy rassom tomonidan ishlangan bronza byustning ochilish marosimida qatnashgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Biroq haykalning noodatiy ko‘rinishi va unga oid lavhalar internet foydalanuvchilarining alohida e’tiborini tortdi.
Tarqalgan tasvirlarda harbiy xizmatchi bronza byust ustiga yopilgan qizil matoni olib tashlayotgani ko‘rinadi. Haykal esa o‘ziga xos yuz tuzilishi, kattaligi bilan ajralib turadigan ko‘zlari va g‘alati tabassumi bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirgan.
Ayniqsa, foydalanuvchilar byustning tashqi ko‘rinishini muhokama qilib, unga turli hazilomuz izohlar qoldirmoqda. Ayrimlar haykalning yuz ifodasiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, boshqalar uning Kim Chen Inning haqiqiy qiyofasiga qanchalik o‘xshashini muhokama qilmoqda.
Shunga qaramay, suratlarda aks etgan voqea tafsilotlari, byustning qayerda o‘rnatilgani va tasvirlarning haqiqiyligi hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.































Izohlar 0
…