00:17 / 17.09.2017
5 138

Fahsh botqog‘iga botgan bandalar yoki...

Fahsh botqog‘iga botgan bandalar yoki...
— Bizning maqsadimiz, — deydi Germaniyadagi fohishabozlik industriyasi ittifoqi vakillaridan biri Shtefani Kleye. — Fohisha degan atamani iste’moldan butkul olib tashlash. Chunki biz ko‘rsatayotgan xizmat Germaniyadagi barcha erkaklarga ma’qul va ular xizmat sifatidan to‘liq qoniqish hosil qila olishyapti. Demak, biz demokratiya bozorining bir bo‘lagi bo‘lishimiz lozim…

«tut. by» internet portali muxbiri Brandenburgdagi metro yaqinida avtobusdan tushib ko‘zlangan manzilga yo‘l oladi. Metrodan ikki daqiqa piyoda yurilsa, «Rayon Vedding» mavzesi. Bu mavze Germaniyadagi eng chirkin joylarning biri. Mavzeda o‘nlab islovotxonalar fahsh botqog‘iga botgan holda mamlakat erkaklariga bekitiqcha xizmat ko‘rsatadi. Botqoqni qo‘shmachilar nazorat etadi. Botqoq ichkarisini esa yoshgina qiz-juvonlar band etib turibdi. Ularning millati haqida mijozlar so‘rab ham o‘tirishmaydi. Husni, qomati binoyidek bo‘lsa bas. Qo‘shmachilar xuddi shu botqoqlikning badbo‘y va yoqimsiz hidi, jirkanch qa’ri evaziga harom pul topadi. Shu pulga o‘zini va yaqinlarini boqadi. Shubhasiz, qo‘shmachi va fohishalarning oila-a’zolari ham aslida haromdan uzoq emas. Qush uyasida ko‘rganini qilishi shu bo‘lsa kerak-da! Bu botqoqning nomini qarang. «45- «Quyon» quvonchlar uyi».. Egasi esa 53 yoshli Elke V. ismi-sharifini sir tutishni so‘raydi. Nimaymish, nomus qilarmish. Yo alhazar! Qo‘shmachilik qilib, uyini fahsh botqog‘iga aylantirib, o‘nlab suyuqoyoqlar bilan birga yashab, haromdan topilayotgan pullarni bo‘lishib nomus qilmagan juvon ismi oshkor bo‘lishidan nomus qilarmish. Muxbir rozi bo‘lgach esa, shu «nomusi kuchli» qo‘shmachi maqtanishni boshlaydi.

— Bizning islovotxona Germaniyadagi eng sifatli xizmat ko‘rsatuvchi maskan hisoblanadi. Biz har bir mijozning ko‘ngliga qaraymiz. Tanqididan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz.

— Mayli, — deydi muxbir ensasi qotib. — Fohishaxonaga sifat belgisining nima zarurati bor?

— Iye, — deydi kulib qo‘shmachi. — Biz demokratik davlatda yashayapmiz. Demak, hamma narsa ochiq-sochiq bo‘lishi lozim. Agar niyatimizga yeta olsak va fohishabozlikni qonun yo‘li bilan himoya eta olsak, sifat belgisini uy eshigiga tirkab qo‘yamiz. Toki mijozlar qanday islovotxonaga kelganini bilsin…

Ismi-sharifi o‘zgartirilgan Frau. V ham qo‘shmachilik qiladi. Ilgari fohisha bo‘lgan. Xohlarkanki, uning islovotxonasida jinoyat sodir etilmasin. Narkotiklar aralashmasin…

Bunisi endi ortiqcha. Qo‘shmachi atamasining o‘zi jinoyat emasmi?.. Na iloj?.. Xalqda bekorga aytilmagan. Tipratikon bolasini yumshog‘im degan ekan. Ammo biz qo‘shmachi va fohishalarni hatto tipratikonga ham tenglashtirmagan bo‘lardik.

Muxbirning toqati toq bo‘ldi. Kelayotib qo‘shmachi va fohishalar sal bo‘lsa-da, afsuslanar, yo‘liga bo‘lsa-da tavba qilar deb o‘ylagandi. Aksi bo‘ldi. Ular o‘zlarini qahramon qilib ko‘rsatishdan ham tiyilishmas ekan.

Muxbir shahar aylanib oddiy fuqarolarning fikrlari bilan qiziqdi.

— Germaniyada ham, — dedi o‘tkinchilardan biri Verner ismli yigit. — Bundan o‘n asr oldin fohishalar va qo‘shmachilar tiriklay yoqib yuborilgan yoki toshbo‘ron qilingan. Ba’zilarini nayzaga o‘tqazganlarini ham o‘qiganman. Hozirgi davrga kelib odamlarimiz xudodan ham qo‘rqmaydigan bo‘lib ketishdi. Faqat nafsining ko‘rsatmasiga amal qiladi. Nafsini qondirish yoki shuning orqasidan harom pul topish yo‘lida odam o‘ldirishdan ham qaytmaydi. Ming la’nat undaylarga!..

Muxbir uchun bundan bo‘lak javobning keragi ham yo‘q edi. Ko‘ngli ko‘tarildi.

Oldiniga, aniqrog‘i, fohishaxonalarni kezish davomida Germaniyada xudoni taniydigan odam qolmabdi deb xafa bo‘lgandi. Adashibdi. Germaniyada oriyatli insonlar ham yo‘q emaskan. Ishqilib xudoning o‘zi fahsh botqog‘ini do‘zax domiga tashlasin! Botqoqdan turib begunohlar yuziga loy va balchiq chaplayotgan xudosizlarni Yaratganning o‘zi g‘azabiga olsin!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fahsh botqog‘iga botgan bandalar yoki...