5 237
Nazarboyev murojaati: "Hammayoq raqamlashadi, yashash maydonlari kengayadi, o‘qituvchilar maoshi 50 foizgacha oshadi"
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «Xabar» telekanali efirida qozoq xalqiga murojaat bilan chiqish qildi. U 30 ta eng taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kirish uchun Qozog‘istonda tarixiy imkoniyat mavjud ekanligini ta’kidladi, deb yozadi Kun.uz.
Nazarboyev ertaga — 10 yanvar kuni uning har yilgi murojaatnomasi matbuotda chop etilishi haqida ma’lumot berib, bajarilishi lozim bo‘lgan 10 ta vazifani qisqacha tavsiflab berdi:
Birinchidan. Qozog‘iston sanoati yangi texnologiyalar flagmaniga aylanishi kerak. Raqamli jarayonlarni improvizatsiya qilish va zamonaviy biznes-modellarni o‘zlashtirish orqali mehnat unumdorlishini oshirish zarur.
Ikkinchidan. Resurs salohiyatining samaradorligini sezilarli tarzda yaxshilash kerak. Axborot-texnologik yechimlarni tatbiq etish talab etiladi. Ular qazib olinadigan resurslar ulushini oshirish, qayta ishlash chuqurligini uzaytirish, energiya samaradorligi va ishlab chiqarishning ekologikligini oshirishga xizmat qiladi.
Uchinchidan. Agrosanoatda ham yangi texnologiyalardan foydalanish, qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar eksportini oshirish zarur.
To‘rtinchidan. Transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va intellektual transportlarni joriy etish, yuk yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va tranzit tovarlar miqdorini ikki karra oshirish talab etiladi.
Beshinchidan. Zamonaviy texnologiyalardan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligida foydalanish. Qurilishning yangi usullari, binolar energiya samaradorligini oshirish, infratuzilmani boshqarishning intellektual tizimlari qozog‘istonliklarning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir qozog‘istonlikning yashash maydonini kengaytirish vazifasi qo‘yilmoqda.
Oltinchidan. Moliyaviy sektorni qaytadan ishga tushirish. Bank sohasini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari nazorat kuchayishi, oddiy fuqarolarning manfaatlari hisobga olinishi bilan amalga oshirilishi kerak.
Banklarga egalik qilayotganlarning, ularni boshqarayotganlarning mas’uliyatini sezilarli tarzda oshirish zarur. Kreditlashni kengaytirish va fond bozori himoyasini ta’minlash talab etiladi.
Yettinchidan. Insoniy kapitalning yangi sifati. Ta’lim tizimining barcha darajalari zamonaviy voqelik va iqtisodiyot ehtiyojlariga javob berishi kerak. O‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish kerak.
Sog‘liqni saqlash sohasida yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashni juz’iy yaxshilashi, tibbiy xizmat sifatini oshirishi zarur.
2016–2017 yillarda davlat tomonidan ijtimoiy to‘lovlar uch marta oshirildi. Jumladan, bazaviy pensiyalar 29 foizgacha oshdi, solidar pensiyalar — 32 foizgacha, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqlari 28 foizgacha o‘sdi. Ta’lim sohasidagilarning ish haqi — 29 foizgacha, davlat xizmatchilariniki — 30 foizgacha oshdi. Bularning barisi daromadlarning juda sezilarli oshishiga olib keldi va bu tendensiya keyinchlik ham davom ettiriladi, dedi Nazarboyev.
Joriy yilda davlat byudjetining ijtimoiy sohaga xarajatlari 12 foizga oshirilgan va to‘rt trillion tangani tashkil etadi.
Bazaviy pensiya ish staji hisobga olingan holda o‘rtacha 1,8 barobar oshiriladi. Yangilangan o‘quv dasturlari doirasida o‘qishlardan o‘tgan o‘qituvchilarning maoshi tasdiqlangan malakasiga ko‘ra 30 dan 50 foizgacha oshadi.
Sakkizinchidan. Samarali davlat boshqaruvi. Raqamli texnologiyalar biznesni tartibga solish, davlat xizmatlari sifatining oshirilishi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar ehtiyojlarini yanada to‘liqroq hisobga olishda qo‘l kelishda davom etadi.
Hududlarning va mahalliy boshqaruv organlarining iqtisodiy mustaqilligi yanada kengaytiriladi.
To‘qqizinchidan. Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolaveradi.
O‘ninchidan. «Smart Siti» texnologiyalarini tatbiq etish o‘sib borayotgan shaharlar muammolarini samarali hal etish, ularni sarmoyadorlar uchun jozibador qilish imkonini beradi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakat fuqarolarining barchasi uning murojaatnomasi bilan tanishib chiqishidan umid qilayotganini aytib o‘tdi. U shuningdek, raqamlashtirishni rivojlantirish muhimligini, har bir qozog‘istonlik buni anglab yetishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. «Men Qozog‘iston porloq kelajak sari yo‘lida barcha maqsadlariga erishishiga ishonaman», — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan Nazarboyev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi