
Daniyaning EFFEKT me’morchilik studiyasi Kopengagendan bir soatlik masofadagi Xaslev shahri yaqinidagi o‘rmon uzra qad ko‘targan spiralsimon inshootni loyihalashtirdi. Asosiy g‘oya o‘rmonda shunchaki sayr qilmasdan, uni qush parvozi balandligidan kuzatish va bunda tabiatga ziyon yetkazmaslikdan iborat, deb yozadi Kun nashri.
Tuzilmaning markaziy elementi — daraxtlar uzra qad ko‘targan va atrofdagi go‘zal landshaft manzarasini 360 darajada namoyon qiluvchi 45 metr balandlikdagi spiralsimon minora.

Foto: effekt
600 metr uzunlikdagi sayr yo‘lagi yer ustidan, ostidan va daraxtlar orasidan minora tomon olib boradi.

Foto: effekt
Butun marshrut ikki seksiyaga bo‘linadi: balandlikda eng qadimiy daraxtlar orasida sayr qilish va balandlikdan qo‘rqadiganlar uchun variant - yerga yaqin joylashgan va yoshroq daraxtlar sari olib boruvchi yo‘lak.

Foto: effekt

Foto: effekt

Foto: effekt

Foto: effekt
Noyob loyiha 2018 yilda amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar