23:28 / 29.04.2020
2 821

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi asosiy xatolar

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi asosiy xatolar
Foto: Google Photos
Prinston universiteti olimlari odamlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan va natijada jamiyatning pandemik inqirozdan chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy xatolarni ma’lum qildi. Bu haqda universitet bergan qisqacha press-relizda so‘z boradi. Aytilishicha, bunday xatolar jumlasiga mavhumlik qarshisidagi qo‘rquv va aniqlikning yo‘qligi, taxminlarga tayanib xulosa qilish, favqulodda keskin ijtimoiy masofalanish hamda statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri tahlil qilish singarilar kiradi.

Mualliflarning fikricha, ushbu qopqonlarni o‘z vaqtida va ongli ravishda tushunib yetish COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash ishlarining samaradorligini oshiradi. Masalan, pandemiyadan qo‘rqib o‘z-o‘zini cheklashni oshirib yuborish orqali odamlar jismoniy harakatdan cheklanishi va mashqlarni qilmay qo‘yishi, uyqu tartibining buzilishi, odamlar bilan muloqotdan chekinishi mumkin. Ijtimoiy masofalanishning haddan ziyod oshib ketishi kishilarda surunkali ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, kundalik xabarlarda berilayotgan kasallar va tuzalganlar soni haqidagi ma’lumotlarni ham to‘g‘ri qabul qila olish muhim. Chunki bunday ma’lumotlar orasidagi tasodifiy chetlanishlarni odamlar umumiy tendensiya sifatida qabul qilishlari ehtimoli mavjud. Kundalik keltirilayotgan raqamlar umumiy epidemiologik manzarani to‘liq ifodalamaydi va unda aynan shu soatda mavjud bemorlar sonining hali test natijasi chiqmagan (lekin o‘zi allaqachon kasal) va inkubatsion davrida hali kasallik belgilari namoyon bo‘lmagan qismini qamrab olmagan bo‘ladi.

Boz ustiga, bu raqamlar odamlar ongida mavhumlik va qo‘rquv uyg‘otishi bilan xavotir va vahimani kuchaytiradi. COVID-19 pandemiyasi tugagach esa jamiyat tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi vakillarining ta’qib qilinishi boshlanishi mumkin. Bu, asosan, odamlarning tibbiyot tizimi pandemiya paytida yaxshi ishlamadi degan fikrga borib qolishidan yoki ular asossiz keskin choralar ko‘rib yubordi deb o‘ylab achchiqlanishidan yuzaga kelishi mumkin.

Tanqid ba’zi o‘rinlarda asosli bo‘lib chiqsa hamki, lekin omma orasidagi kishilarning o‘zi aniq ma’lumotni bilmay turib, shaxsiy taxmin va nuqtai nazarlaridan kelib chiqib xulosa qilishga bo‘lgan moyilligi hamda o‘z vaqtida shaffof axborot berilmagani natijasida yanglish fikrlarga borib qolgani oqibatidan jamiyatda pandemiyaning turli bosqichlarida rasmiylar ko‘rgan choralarning naqadar o‘zini oqlaganiga nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanishi ehtimoli ham mavjud ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi asosiy xatolar