date

Yerda yana muzlik davri boshlanishi mumkin

Yerda yana muzlik davri boshlanishi mumkin

Yer haroratining ortishi insoniyat kutmagan yo‘nalishda – global isish emas, balki yangi sovuq davrga olib kelishi ehtimolini ko‘rsatmoqda. Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan MARUM dengiz va atrof-muhit fanlari markazi tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar fikricha, sayyora iqlimidagi muvozanat faqat tog‘ jinslarining asta-sekin yemirilishi orqali karbonatni ushlab turish va haroratni barqarorlashtirish bilan chegaralanmaydi. Yerdagi biologik jarayonlar, ayniqsa suv o‘tlari, fosfor aylanmasi va okeanning kislorod tizimi ham global haroratga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Odatda yomg‘ir suvlari havodagi karbonat angidridni yutib, tog‘ jinslarini yeritadi. Bu jarayonda ajralgan moddalar okeanga borib, marjon va chig‘anoqlar shaklida yuz millionlab yillar davomida tubda saqlanadi. Shu orqali Yer tabiiy “termostat” rolini bajaradi. Ammo olimlar ta’kidlashicha, tarixda bunday tabiiy mexanizm ishlamay qolgan davrlar bo‘lgan — shunda butun sayyora muz bilan qoplangan.

Yangi tadqiqotlar esa bu jarayonga suv o‘tlari va fosfor aylanmasi kuchli ta’sir qilganini ko‘rsatadi. Havo isishi bilan suvlarga ko‘proq fosfor kirib keladi, bu esa suv o‘tlarining tez ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ular fotosintez orqali havodan karbonatni yutadi va o‘lgach, uglerodni okean tubiga olib ketadi. Shu bilan birga, suvdagi kislorod miqdori kamayib, aylanma jarayonda fosfor to‘planishi ortib ketadi.

Natijada okeanlarda katta miqdorda uglerod saqlanib qoladi, bu esa Yerning sovishiga olib keladi. Tadqiqotchilar Hyulse va Endi Ridjvellning modeli shunday “teskari sikllar” qadimgi davrlarda keskin muzlik davrlariga sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.

Hozirgi kundagi atmosferada kislorod darajasi yuqori bo‘lgani sababli, bunday ssenariy qaytalansa ham, u qadar qattiq sovuq bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda. Ammo olimlar uzoq muddatli nuqtayi nazardan bu jarayon insoniyat uchun yangi iqlim muvozanati davrini boshlashi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi sabab Yer yuzida har yili 10 million gektardan ortiq o‘rmon maydoni yo‘qolmoqda. Bu jarayon, olimlar ta’biri bilan aytganda, “Yer nafasi tortayotgan manbalar” uchun jiddiy tahdid solmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerda yana muzlik davri boshlanishi mumkin