
Har yili dunyo bo‘ylab minglab musulmonlar o‘zlarining birinchi Ramazonini nishonlashadi va bu yil birinchi marta Islomiy ro‘za tutish koronavirus pandemiyasi va yopiq masjidlar tufayli qiyinlashdi.
28 yoshli Rikardo Ramirez ushbu Ramazon oyidan oldin Islomni qabul qildi. U asli meksikalik bo‘lib, Texasda tug‘ilib o‘sgan. Bir katolik oilasida o‘sgan, ammo keyinchalik Islom haqida bilib, musulmon bo‘lishga qaror qilgan.
U kalimai shahodatni aytganida musulmonlarning bir jamoasi takbir aytib uni qutladi.
“O‘sha kundan boshlab, musulmon aka-ukalarim meni juda qo‘llab-quvvatladilar”, deydi Ramirez. Uning birinchi Ramazon oyi koronavirus epidemiyasiga to‘g‘ri keldi, ammo u chekinmadi. "Menda juda ko‘p savollar bor, men ko‘p narsalarni bilmoqchiman va o‘rganishni xohlayman", deydi Rikardo.
"O‘ylaymanki, Parvardigor menga dinni sinov sifatida yubordi va men bu din men uchun ekanligini yana bir bor angladim".
Ramazon OyiIslomiy Ro‘zaMusulmonlar JamoasiRikardo RamirezKoronavirus PandemiyasiO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar