Yoshligimizdan bizga uqtirib kelingan yoki biz o‘zimiz atrof-muhitdagi voqea-hodisalardan olgan nuqtai nazarlarimiz hayotimizni qay tariqa olib borishimizni belgilab qo‘yadi.
Agar yoshligimizdan aqlli bo‘lishimiz kerakligini, bilim bu toshga o‘yilgan kabi aniq tushuncha ekanligini yoki bilimli ekanligimizni doimo isbotlash kerakligini o‘rgatishgan bo‘lsa, demak bizning fikrlash doiramiz chegaralab qo‘yilgan va buni QOTIB QOLGAN ONG desak bo‘ladi.
Aksincha, har qanday bilimga mehnat bilan erishsa bo‘lishligini, hech kim ilmga bo‘lgan yuksak qobiliyat bilan dunyoga kelmasligini, yutqazishlarga bilimsizlik deb emas, o‘rganish uchun imkoniyat deb qarash kerakligini o‘rgatishgan bo‘lsa, demak bizning fikrlash doiramiz chegarasiz va buni O‘SUVCHI ONG deb ataladi.
Bir narsaga ishtiyoq bilan doimiy harakat qilish, hattoki o‘xshamayotgan bo‘lsa ham, bu o‘suvchi ongning belgisi hisoblanadi. O‘suvchi ong bilan fikrlash insonning kelajakda duch keladigan qiyinchilik paytlarda ham yiqilib qolmaslikka undaydi.
@lidernotes kanalidan olindi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring