
SAVOL:
Agar odam namoz o‘qimasa qurbon hayitida qilgan qurbonligi qabul bo‘ladimi?
JAVOB:
Namoz va qurbonlik qilish alohida alohida ibodatlardir. Ularning qabuli bir-biriga bog‘liq emas. Namoz har bir balog‘atga yetgan erkak va ayolga farz qilingan bo‘lsa, qurbonlik boylik darajasiga yetgan kishilarga vojibdir. Lekin o‘rni kelganda shuni eslatib o‘tamizki, namozning farzligi yana ham quvvatli va kuniga besh marta takrorlanadi. Uni tark qilish bilan bir kunda besh marta gunohkorlik sodir bo‘ladi. Ham namozning, ham qurbonlikning savobiga erishish qanday ham yaxshi! Alloh taolo barchamizga ibodatlarini qoim qilishda tavfiq bersin. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar