Toshkentda ro‘yxatsiz somsa sotgan shaxsga jarima berildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish32
Toshkentda ro‘yxatsiz somsa sotgan shaxsga jarima berildi

Toshkent shahrida ruxsat etilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan somsa savdosi bilan shug‘ullangan fuqaro jarimaga tortildi. Uning savdodagi 26 dona somsasi ham musodara qilinib, yo‘q qilinishi belgilandi.

QALAMPIR.UZ tanishgan sud hujjatlariga ko‘ra, voqea joriy yilning 26 oktyabr kuni Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o‘tkazgan tekshiruvda S.M. ismli shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan somsa sotayotgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida undan 140 ming so‘m naqd pul va 26 dona somsa olib qo‘yilgan.

24 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida mazkur huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi. Sud majlisida fuqaro qilmishidan pushaymonligini bildirib, oilasining yagona boquvchisi ekanini aytgan. U savdo bilan majburiyat tufayli shug‘ullanganini ta’kidlab, suddan yengillik berishni so‘ragan.

Biroq sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aybdor deb topdi.

Qarorga muvofiq, fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari — 2 million 60 ming so‘m jarima tayinlandi. Shuningdek, olib qo‘yilgan 26 dona somsani yo‘q qilish belgilandi.

Shu tariqa, ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilgan somsa savdosi fuqaroga jarima va mahsulotlaridan ayrilish bilan yakunlandi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?