21:12 / 27.06.2023
143

Gazli ichimliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri alyumin qutilaridan ichish nechog‘li xavfli?

Foto: The Voice Mag

 Alyumin idishagi ichimliklar, kim nima deyishidan qat’i nazar, qulay. Ular juda kuchli zarbalarda ham buzilmaydi. Ammo banklarning o‘zi haqida nima deyish mumkin, sog‘liq nuqtayi nazaridan bunday qadoqlash haqiqatan ham xavfsizmi?

Gazlangan ichimliklar eng foydali hisoblanmaydi. Ularda odatda kaloriyalar yuqori, tarkibidagi shakar va kislota tishlarga zarar yetkazadi, bundan tashqari, ularni sevib ichuvchilar ko‘pincha oshqozon va umuman ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Olimlar gazlangan, hatto, shakar o‘rniga o‘rnini bosadigan mahsulot qo‘shilgan suvdan voz kechishga, uning o‘rniga toza suv, choy va boshqa kamroq zararli ichimliklarga o‘tishga chaqirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, gazlangan ichimlik solinadigan alyuminiy quti shucnhaki oddiy idish emas. Olimlarning ta’kidlashicha, gazlangan ichimliknialyuminiy bankadanto‘g‘ridan-to‘g‘ri ichish tavsiya etilmaydi.

Bakteriyalar

2017 yilda o‘tkazilgan tajribalardan birida ma’lum bo‘ldiki, do‘konda sotib olinadigan gazlangan suvli idishlar yuzasida ko‘plab bakteriyalar, jumladan, sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalar ham bor. Masalan, qutilarning yuqori qismida ichimlik teshigi bo‘lgan joyda E. coli bakteriyasi ko‘p miqdorda topilgan. Ushbu mikroorganizm diareya va nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, yana bir tajriba jarayonida ma’lum bo‘lishicha, javonlarda turgan va savdo avtomatlarida sotiladigan qutilar yuzasida E. coli dan tashqari Enterobacter cloacae, Stenotrophomonas maltophilia, Pseudomonas luteola topilgan. Ular shartli patogen mikroorganizmlarga tegishli bo‘lib, jiddiy kasallikning sababi bo‘lishi mumkin.

Ko‘pchilikka tanish bankadan gazlangan ichimlik ichib, leptospiroz bilan kasallangan va ko‘p o‘tmay vafot etg

an amerikalik ayol haqidagi voqea qo‘rqinchli hikoyalardan biridir. Xabar qilinishicha, infeksiyaning aniqlanishiga bankada kalamush izlari topilgani va kemiruvchining o‘zi leptospiroz tashuvchisi bo‘lganligi sabab bo‘lgan. Kemiruvchilardan yuqtirish haqiqatan ham mumkinligiga qaramay, o‘lim holati tasdiqlanmagan edi.

Foto: Google Image
Ichishdan oldin qutilarning yuqori qismini artib olish yoki maxsus cho‘p orqali ichish lozim.

Bisfenol A

Ushbu kimyoviy birikma ko‘plab plastmassa buyumlar, jumladan, toza suv idishlarida mavjud. Biroq u ko‘pincha alyuminiy qutilarini ishlab chiqarishda — qadoqlashning bir qismi bo‘lgan va mahsulotlarni ifloslanishdan himoya qilish uchun ishlatiladigan epoksi qistirmalarining bir qismi sifatida ishlatiladi.

Olimlar bisfenol A “oqib ketishi” va ichimlikka tushishi mumkinligini aniqladilar. Bunday ichimliklardan foydalanish bosimning oshishiga olib keladi. Koreyalik olimlar tomonidan olib borilgan bir tadqiqotda tajriba ishtirokchilari bir necha kun davomida shisha butilkalar va alyuminiy qutilardan bir xil ichimlikni ichishgan.

Tez orada ikkita narsa aniq bo‘ldi. Birinchidan, alyumin qutilardan ichganlarning peshobidagi BPA darajasi 1600 foizga, ikkinchidan, sistolik bosim 4,5 ballga oshgani qayd etildi. Agar bunday o‘sish sog‘lom odamlarga deyarli ta’sir qilmasa, yurak va qon tomirlari muammoli odamlar uchun bunday sakrash vaziyatning yomonlashishiga olib keladigan jiddiy sinov bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar BPA ni o‘z ichiga olmaydigan xavfsizroq qutilarni ishlab chiqarishdan manfaatdor, shuning uchun xavfsizroq qadoqlash soni ortib bormoqda.

Alyuminiy

Alyuminiyning o‘zi salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi haqidagi da’volar ilmiy tasdiqlangan emas. Konservadagi alyuminiy ulardagi ichimlikka kirib, saraton va nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar haqiqat emas, balki shunchaki vahimali hikoya bo‘lib chiqdi.

Olimlarda alyuminiyning ko‘p miqdorda gazlangan ichimlikka tushishi, undan keyin esa organizmga kirib borishiga ishonishi uchun hech qanday asos yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, bu tarzda alyuminiyning 1 foizdan ko‘pi organizmga kira olmaydi va uning 99,9 foizi buyraklar tomonidan chiqariladi. Bu oz miqdordagi alyuminiy organizmga sezilarli zarar keltirmasligi aniq. Ovqat pishirish uchun faol ishlatiladigan oziq-ovqat folgasini eslang — u ham alyuminiydan tayyorlangan va uni pishirish maqsadlarida ishlatish xavfsiz hisoblanadi.

Foto: Google Image

 

Umuman olganda, bu alyuminiy qutilardan gazlangan ichimlikni ichmaslik uchun yetarli sabab bo‘la olmaydi. Ammo immuniteti zaif bo‘lganlar va yurak muammolaridan aziyat chekadiganlar, ayniqsa, ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Hamma uchun umumiy tavsiya — ichimlikni stakanga quyishdir va agar buning iloji bo‘lmasa, maxsus cho‘pdan foydalanish yoki mikroorganizmlar bilan to‘la bankaning yuqori qismini yaxshilab artib olish zarur.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gazli ichimliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri alyumin qutilaridan ichish nechog‘li xavfli?